Asosiy vositalarni qayta baholash - bu ob'ektining dastlabki qiymatini bozor darajasiga keltirish hisoblanadi. Qayta baholash jarayonida aktivlar ortiqcha baholanishi yoki diskontlanishi mumkin va keyinchalik ular tashkilot balansida yangi tiklangan qiymat bo'yicha qayd etiladi.
Aloqa → Bog'lanishBaholovchi yoki mutaxassis tomonidan baholash ob'ekti joyiga borib ko`zdan kechiriladi, identifikatsiya qilinadi va baholash ob'ektining muhim jismoniy va texnik-iqtisodiy xususiyatlariga aniqlik kiritiladi.
Baholanayotgan mulkni kozdan kechieish jarayonida yoki undan keyin buyurtmachi tomonidan hujjatlar to'plami taqdim etiladi. To'liq hujjatlar to'plami qabul qilib olingandan keyingina hisobot tayyorlash boshlanadi.
Ma'lumotlar davriy nashrlar va Internet tarmog`ini o'rganish orqali to'planadi. Baholash ob'ekti tegishli bo'lgan bozor segmenti tahlil qilinadi va baholash ob`ekti analoglari tanlanadi.
Hisobot qog'ozda topshirilganda, hisobot betma-bet raqamlangan bo'lishi, bog'langan, baholovchi tomonidan imzolangan, shuningdek baholashni amalga oshirgan kompaniyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
O`zbekiston bo`ylab bizning baholash hisobotlarimiz Sizning bankingiz tomonidan 100% qabul qilinishi kafolati
Mutaxassisning sizning ofisingizga hujjatlarni yetkazish xizmati
Sizga 20 yillik professional ish stajiga ega baholovshilar xizmat ko`rsatishadi
Kompaniya va baholovshilar faoliyati 2 000 000 000 so`mga sug`urta qilingan
Bizning mutaxassislarimiz sizning har qanday masalangizni hal qilishga ko`maklashishga tayyor. O`zingiz uchun qulay usulda biz bilan bog'laning yoki qayta qo'ng'iroq qilishnga buyurtma qoldiring.